Oynur Nurmamatova
Oynur Nurmamatova Ulug‘bek qizi 29.08.2008-yilda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Kakan mahallasida tug‘ilgan. U hozir ham Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Kakan mahallasida yashaydi.
Oynur maktabda tahsil olgan va uni besh bahoga bitirgan. Hozirda u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) fakulteti 1-bosqich talabasi. U ingliz tili bo‘yicha ko‘plab olimpiadalarda qatnashgan, ingliz tilidan B2 darajasini olgan hamda ona tili bo‘yicha B+ sertifikatiga ega. Hozirda universitetidagi fotoalbom konkursida qatnashishni rejalashtirmoqda.
Uning hayotida ingliz tili o‘qituvchisi Olovuddin Nasrullayevning o‘rni alohida. Oynur 10-sinfda ingliz tili kursi uchun “Cambridge school” o‘quv markaziga borgan. Oilasi moliyaviy jihatdan qiynalgan paytda Olovuddin Nasrullayev uni kursga bepul qabul qilgan. Nomzodning fikricha, agar ustozining yordami bo‘lmaganida, u hozir O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qimayotgan bo‘lishi mumkin edi.
Bo‘sh vaqtida Oynur kitob o‘qiydi, speaking va listening bilan shug‘ullanadi. U jurnalistikaga qiziqadi, hayoti davomida har bir sohadan oz-moz o‘rganish va turli sohalarni sinab ko‘rishni istaydi. Uning fikricha, boshqalar undan turli tillarni o‘rganishni hamda har qanday vaziyatda oldidagi vazifalarni ortig‘i bilan bajarishni o‘rganishlari mumkin.
Oynurning hayotiy prinsipi: “Vaqt beshafqat, har doim, har qanday vaziyatda qat’iyatli bo‘l va oldingdagi vazifalarni mas’uliyat bilan bajar.” U liderlik uchun qat’iyatli bo‘lish, kuchli intizom o‘rnatib unga amal qilish hamda har qanday vaziyatda vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish muhim deb hisoblaydi.
Kelajakda Oynur O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qituvchilik qilishni maqsad qilgan. U turk, rus, ingliz va nemis tillarida bemalol gaplasha oladigan darajaga yetishni, IELTSdan 9 olishni, logistika va IT sohalarini o‘rganishni hamda har yili kamida 30 ta davlatga sayohat qilishni orzu qiladi. U haqiqiy lider bo‘lib, mas’uliyat bilan harakat qilish orqali ushbu maqsadlariga erishishni istaydi.
