Ozodbek Xoshimov Xusanovich
Ozodbek Xoshimov Xusanovich 2009-yil 28-fevralda Toshkent shahri, Mirobod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Mirobod tumanida yashaydi va TTPUning 1-kurs talabasi. U dasturchilik va AI engineering sohasida tahsil oladi.
Ozodbek faoliyatini 2019-yilda dasturlash sohasida boshlagan. O‘sha yili u Mechanic engineer sohasini mustaqil o‘rganib, Toshkentdagi Inno Techno Parkka mexanik bo‘lib ishga kirgan.
U 2022-yilda Mohir Fest 22 tanlovida 1-o‘rin g‘olibi bo‘lgan. Shu yili Robo Football musobaqasida ham 1-o‘rin g‘olibi bo‘lgan. 2023-yilda Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro ixtirochi yoshlar musobaqasida oliy medal sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u 2023 va 2024-yillarda ikki karra «Mirzo Ulug‘bek vorislari» g‘olibi bo‘lgan hamda 2023-yilda IT Park Eco musobaqasida 2-o‘rinni olgan.
U bo‘sh vaqtining katta qismini kitob o‘qish va sport bilan shug‘ullanishga ajratadi. O‘z sohasiga oid yangiliklarni kuzatib borish, bilimini yangilash, yugurish yoki sport zaliga borish, do‘stlari va oilasi bilan vaqt o‘tkazish unga muhimdir. Ba’zan u onlayn kurslar orqali yangi ko‘nikmalar egallaydi va qiziqarli mavzularda mustaqil tadqiqot olib boradi.
Ozodbek kelajakda o‘z sohasida chuqur bilim va tajriba to‘plab, malakali mutaxassisga aylanishni maqsad qilgan. U rahbarlik lavozimiga o‘sib, kichik jamoani boshqarish, uning rivojlanishiga hissa qo‘shish hamda yosh mutaxassislarga ustozlik qilishni orzu qiladi. U yangi tillar, texnologiyalar va sohalarni o‘rganishni davom ettirishni rejalashtirgan. Uning hayotiy shiori: «Cho‘qqida har doim yolg‘iz qolasiz».
