PIRJONOVA RAYHON MANSUR QIZI

PIRJONOVA RAYHON MANSUR QIZI
PIRJONOVA RAYHON MANSUR QIZI
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Pirjonova Rayhon Mansur qizi 2008-yil 11-iyulda Xorazm viloyatida tug‘ilgan va hozirda Xorazm viloyatida yashaydi. U O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi bitiruvchisi bo‘lib, o‘rta maxsus darajadagi qizil diplom va kumush medalga ega. U 2024-yilda IIV Xorazm akademik litseyining 1-bosqichiga qabul qilinib, 2026-yilda mazkur litseyni qizil diplom, kumush medal hamda Xorazm viloyati IIV boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan tamomlagan. Hozirda SamDU yuridik fakultetida tahsil oladi.

Rayhon litseydagi bir qator tanlovlarda 1-o‘rinlarni egallagan hamda litsey o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yosh kitobxon” tanlovining mutlaq g‘olibi bo‘lgan. U Ichki ishlar vazirining “O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘idan qator esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalarga sazovor bo‘lgan, Ichki ishlar vaziridan Prezidentimizning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli kitobini olgan hamda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant A. Tashpulatovdan tashakkurnoma bilan taqdirlangan. U 2 ta umumta’lim fanidan yuqori darajadagi va ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Ota-onasi, opa-singillari va ukasining oila uchun tinimsiz harakat qilishi u uchun ham baxt, ham mas’uliyatdir. Uning hayotiy shiori — “Orzular sari olg‘a”. Bo‘sh vaqtlarida Mutolaa platformasi orqali audiokitoblar tinglaydi, o‘z ustida ishlaydi hamda sog‘lom bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanadi. U voleybol va yengil atletikani yoqtiradi, bu yo‘nalishlarda kichik muvaffaqiyatlarga ham erishgan.

Uning fikricha, lider bo‘lish, eng avvalo, mas’uliyatni his qila bilish demakdir. Kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan, o‘z sohasining ustasi bo‘lgan yurist bo‘lishni, magistratura, doktorantura va undan ham yuqori darajalarni qo‘lga kiritishni, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilishni maqsad qilgan. U boshqalar undan sabr-toqatni, mas’uliyat va intizomni, shuningdek, har qanday qiyinchilikdan chiqib ketishning albatta imkoni borligini o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Rayhon barcha yutuqlari ortida katta sabr, harakat va ota-onasining ishonchi borligini ta’kidlaydi hamda hech qachon harakatdan to‘xtamaslikka undaydi.

Hoziroq ariza qoldirish