Pirmamatova Qaldirg'och Hamza Qizi

Pirmamatova Qaldirg'och Hamza Qizi
Pirmamatova Qaldirg'och Hamza Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Pirmamatova Qaldirg‘och Hamza qizi 21.07.2007-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. Bakalavr ta’lim darajasida jurnalistika sohasida tahsil olmoqda. U 2026-o‘quv yilida O‘zJOKU universitetiga grant asosida qabul qilingan.

Qaldirg‘och ingliz tilidan CEFR B2 hamda ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat B darajasiga ega. Uning hayotiga Jahongir Olimov ta’sir ko‘rsatgan. Hayotiy prinsipi — o‘z maqsadidan voz kechmaslik. Uni ilhomlantiradigan shoir yo‘q, ammo Muhammad Yusufning she’rlarini sevib o‘qiydi.

Bo‘sh vaqtida o‘zbek adabiyotlarini o‘qiydi, ijodiy loyihalarni yaxshi ko‘radi va insonlar bilan maroqli suhbatlarni yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatli va ijodkor bo‘lish muhim. Boshqalar undan quvnoqlikni, insonlar bilan tez til topishishni hamda bergan va’dasini bajarishni o‘rganishlari mumkin.

U o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lish va dadajoniga bergan va’dalarini bajarishni maqsad qilgan. Uning yoshlar uchun maslahati: “O‘zingizga bergan va’dalaringiz, qalbingizdagi orzularingiz yo‘lida dadil harakat qiling. Eng muhimi, sizga ishongan ota-onangizning ishonchini oqlang.”

Hoziroq ariza qoldirish