Poyonova Maʼmura Zafar qizi

Poyonova Maʼmura Zafar qizi
Poyonova Maʼmura Zafar qizi
13 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Poyonova Maʼmura Zafar qizi 2007-yil 27-iyunda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashaydi. Maʼlumoti — o‘rta, Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi. U o‘qituvchilik sohasida tahsil oladi va bu sohaga maktabda o‘qib yurganida qiziqqan.

Maʼmura konferensiyalarda ishtirok etgan, stol tennisi bo‘yicha bir qancha yutuqlarga erishgan. U 10 ga yaqin maqola muallifi, «Zakovat» o‘yinining doimiy qatnashchisi hamda tadbirlarda faol ishtirok etadi. Shuningdek, «Yosh kitobxon» tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan.

Bo‘sh vaqtida badiiy asarlar o‘qiydi, baʼzida sheʼrlar yozadi va sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. U liderlik uchun o‘zini nazorat qila olish va boshqalarga o‘rnak bo‘lish muhim deb hisoblaydi. Boshqalar undan sabr qilish va yaxshilik qilishni o‘rganishlari mumkin deb o‘ylaydi.

Maʼmura kelajakda o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lishni hamda ota-onasining duosini olishni maqsad qilgan. U hozirgacha erishgan yutuqlariga o‘z kuchi va mehnati, shuningdek, ota-onasining yordami tufayli erishganini taʼkidlaydi. Ota-onasining «Sen uddalaysan», degan so‘zlari unga dalda bo‘ladi. Uning hayotiy prinsipi: «Agar u o‘zi uchun harakat qilmasa, hech kim u uchun harakat qilmaydi.»

Hoziroq ariza qoldirish