Qadamova Muxlisa

Qadamova Muxlisa Xayitboyevna
Qadamova Muxlisa Xayitboyevna
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Qadamova Muxlisa Xayitboyevna 2006-yil 26-noyabrda Xorazm viloyatining Xiva tumanida tug‘ilgan. U Xorazm viloyatining Xiva tumanida istiqomat qiladi. U o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi bo‘lib, hozirda universitetda ingliz tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi.

Muxlisa faoliyatini 2025-yilda boshlagan va 13–14 yoshdagi o‘quvchilarga ingliz tilidan dars bergan. U B2 sertifikati sohibasi hamda yosh liderdir.

Uning hayotiy prinsipi — har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilishdir. Yo‘li qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u sabr qiladi, o‘rganadi va maqsadlari sari davom etadi. Bo‘sh vaqtida turk tilini o‘rganadi, badiiy kitoblar o‘qiydi hamda insonlarning xarakterlarini har xil oq-qora ranglarda qog‘ozga tushirishni yaxshi ko‘radi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun atrofdagilar bilan xushmuomala bo‘lish, fikrni aniq yetkazish, hurmat qilish, o‘rganish va o‘rganganlarini atrofdagilar bilan ulashish muhim. U boshqalar undan kitobga mehr qo‘yishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Kelajakda Muxlisa o‘qishini Malayziyada davom ettirishni va karyerasini davom ettirishni rejalashtiradi.

“O‘zingni hech qachon cheklama, o‘zingga ishon. Harakat qil, sabr qil, albatta uddalaysan. ✨”

Hoziroq ariza qoldirish