Qayumova Mashhura Ahmadovna
Qayumova Mashhura Ahmadovna 2007-yil 22-yanvarda Buxoro shahrida tug‘ilgan. U Buxoro shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 82-uyda yashaydi. Buxoro shahridagi 30-umumta’lim maktabini tamomlagan Mashhura hozirda Buxoro Davlat Universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish, ingliz tili fakulteti 3-bosqich talabasi.
U faoliyatini ikkita B2 sertifikatini olganidan so‘ng boshlagan. Uning yutuqlari qatorida “Yuksak e’tirof” MDH ko‘krak nishoni, “Yosh tadqiqotchi” ko‘krak nishoni hamda “Amir Temur vorislari” ko‘krak nishoni va statuetkasi bor. U “Tanqidiy nazar va innovatsion yondashuv” konferensiyasida ishtirok etgan.
Mashhura Abulqosim Firdavsiy va uning “Shohnoma” asarining ma’naviy-falsafiy tahliliga bag‘ishlangan ilmiy izlanish olib borgan. Shuningdek, u xalqaro ilmiy maqolalar to‘plamida chop etilgan tadqiqot muallifi hisoblanadi. Ilmiy rahbari Akramov Izzatulla Ikromovich ko‘magida uning “Filmlar orqali ingliz tilini o‘qitishda afzalliklar, kamchiliklar va pedagogik yondashuvlar” nomli ilmiy maqolasi tayyorlangan. Mazkur maqola Londonda nashr etilgan “International Thesis” xalqaro maqolalar to‘plamiga kiritilgan. Ilmiy ishda filmlardan ingliz tilini o‘rgatish vositasi sifatida foydalanishning samarali tomonlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar hamda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan.
U tasviriy san’at va kulinariya yo‘nalishlarida sertifikatlarga ega. Bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qiladi, rasm chizadi, maktab va bog‘cha yoshidagi bolalarga ingliz tili hamda tasviriy san’atdan saboq beradi. Shuningdek, kulinariya yo‘nalishi bo‘yicha onlayn darslar ham o‘tmoqda. U pishiriq kurslariga qatnashgan va shirinliklar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik markazini ochishni rejalashtiradi. Hozirda Gracia dizayn sohasini ham o‘rganmoqda hamda bu yo‘nalishdagi sertifikatdan faoliyatini rivojlantirishda foydalanishni maqsad qilgan.
Mashhura hozirgacha erishgan yutuqlarida, avvalo, otasi va onasining o‘rni borligini ta’kidlaydi. Uning hayotiy shiori: “BUGUNGI KICHIK BILIMLAR — ERTANGI KATTA YUTUQLARNING BOSHLANISHI...” U kelajakda o‘z kasbining yaxshi mutaxassisi va el ardog‘idagi mukammal inson bo‘lishni orzu qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun samimiyat, insoniy qadriyatlarni ardoqlash, bilim va tajriba zarur; buning uchun esa inson, avvalo, kitob o‘qishi lozim.
Uning fikricha, yoshlar undan ingliz tili, volontyorlik, rasm chizish qoidalari, kitob o‘qish, haqiqiy do‘stlik va taomlar retseptlarini o‘rganishlari mumkin. Uning yoshlar uchun tavsiyasi: “Aslo vaqtingizni bekor sarflamang! Bo‘sh vaqtingiz bormi — nimanidir o‘rganishga intiling. O‘zingizning eng yaxshi versiyangizni yarating. Qancha ko‘p bilim o‘rgansangiz, shuncha ma’naviy tomondan yuksalib borasiz!”
