Qodirov Abduhalil Qahramon oʻgʻli
Qodirov Abduhalil Qahramon o‘g‘li 2006-yil 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U o‘rta maxsus ta’limni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 1-son Kasb-hunar maktabida olgan. Tugallanmagan oliy ta’limi Namangan davlat pedagogika instituti bilan bog‘liq. Hozirda tahsil oladi hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.
U faoliyatini 2022-yildan boshlagan. Savdogar sifatida maktab bozorchasida faoliyat yuritadi. U 10 ga yaqin maqola muallifi. 2024-yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Ульяновск viloyatida bo‘lib o‘tgan «Читаем, пишем и говорим на языке Пушкина» xalqaro onlayn olimpiadasida faol ishtirok etib, sertifikatga ega bo‘lgan.
Unga ta’sir qilgan muhim voqea oliy o‘quv yurtiga qabul qilingani bo‘lgan. Uni Xayrulla Hamidov, Erkin Bozorov va Erkin Vohidov ilhomlantiradi. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanishni, kitob o‘qishni va ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun harakatdan to‘xtamaslik, tinimsiz izlanish va kun tartibini haqiqiy liderlardek tuzish muhim.
U kelajakda davlat muassasalarida faoliyat yuritishni hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni rejalashtiradi. Shuningdek, oila qurish va jamiyatda o‘z o‘rnini mustahkamlashni maqsad qilgan. Boshqalar undan mayda narsalar va barcha kamchiliklarga sinchkovlik bilan qarashni o‘rganishlari mumkin. U kitob yozishga havaskor, boshqalarning mehnatini qadrlaydi va ish faoliyatiga jiddiy yondashadi.
«O‘qib odam bo‘larmiding?» degan gap seni orqaga tortmasin. O‘qi, odam bo‘l va ularga qanday odam bo‘lish kerakligini ko‘rsatib qo‘y! Jamiyatda o‘z o‘rningni mustahkamla. Yuksaklarga intilishdan hech qachon charchama!
