Qodirov Shohijahon Shuxrat O'g'li

Qodirov Shohijahon Shuxrat O'g'li
Qodirov Shohijahon Shuxrat O'g'li
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Qodirov Shohijahon Shuxrat o‘g‘li 2006-yil 30-oktabrda tug‘ilgan. U Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Galaosiyo shahrida yashaydi. Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti 3-kurs talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.

Shohijahon shaxmat bilan shug‘ullanadi. U Buxoro viloyatida shaxmat sporti bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda 2 marotaba 1-o‘rin va bir marotaba 3-o‘rinni egallagan. 2023-yilda IELTS imtihonidan 6 ballik sertifikat olgan. Universitetda “Eng yaxshi shoir yigit” sertifikatiga sazovor bo‘lgan hamda jamoasi bilan “Zakovat” musobaqasida bir necha bor faxrli o‘rinlarni egallagan.

Uning hayotidagi eng katta tayanchi va turtkisi onasi hisoblanadi. Shohijahon kitob o‘qishni juda sevadi, shaxmat bilan shug‘ullanadi va gohida do‘stlari bilan kechki sayr qiladi. U yozuvchilikka ham qiziqadi: bir nechta she’rlari turli gazetalarda chop etilgan. Hozirda roman yozmoqda va uni yaqin orada chop ettirishni rejalashtirgan.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun hammadan ko‘proq harakat qilish va hech qachon taslim bo‘lmaslik muhim. Boshqalar undan tinglashni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. Kelajakdagi orzusi onasini Haj va umra sayohatlariga yuborish, shuningdek, oilasi bilan dunyo kezib, sayohat qilishdir.

Uning hayotiy prinsipi: “Chegaram — imkoniyatlarim emas, tasavvurim. Men bugun o‘zimni qurayapman, chunki ertangi hayotim tasodif emas — mening tanlovlarim natijasi.”

Hoziroq ariza qoldirish