Qodirova Madinabonu Murodjon Qizi

Qodirova Madinabonu Murodjon Qizi
Qodirova Madinabonu Murodjon Qizi
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Qodirova Madinabonu Murodjon qizi 04.10.2007 kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan va hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U Renessans Ta’lim Universitetining Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs talabasi bo‘lib, iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil oladi. Shuningdek, u Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar qo‘mitasida ishlaydi. Faoliyatini 2026-yil yanvar oyidan boshlagan.

2026-yil 21-mart kuni Navro‘z bayrami uchun Prezident ko‘rgazmasida o‘zbek millatidan uning nomzodi taqdim etilgan. Uning hayotida doimo o‘rnak bo‘lib kelgan inson — Saida Mirziyoyeva. U Saida Mirziyoyevani havas qilsa arzigulik, izidan ergashishga sabab bo‘lgan inson deb biladi.

Uning hayotiy prinsipi: «Hammaning o‘z siyosati bo‘ladi». Bo‘sh vaqtida kitob o‘qishni va yangi siyosiy yangiliklar bilan tanishishni yoqtiradi. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar intizom, qat’iyat va tashabbuskorlik deb hisoblaydi. Kelajakda vatanga foydasi tegadigan yetuk siyosatchi va diplomat bo‘lishni orzu qiladi. Uning fikricha, insonlar undan tashabbuskorlikni, obyektiv fikrlashni va noodatiy yondashuvni o‘rganishlari mumkin.

«Hammaning ham yondashuvi bir xil bo‘lishi shart emas. Hammaning miyasi har xil ishlaydi va ma’lumotlarni turlicha qabul qiladi. Har doim o‘zing kabi fikrla.»

Hoziroq ariza qoldirish