Qodirova Marjona Sanjar Qizi

Qodirova Marjona Sanjar Qizi
Qodirova Marjona Sanjar Qizi
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Qodirova Marjona Sanjar qizi 20.02.2007-yilda Samarqand viloyati, Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand viloyati, Past Darg‘om tumanida istiqomat qiladi.

Marjona 1-sonli maktabni tamomlagan va hozirda Samarqand davlat universiteti Biokimyo institutida biologiya va biokimyo yo‘nalishida tahsil olmoqda. Uning biologiya faniga qiziqishi maktab davridan boshlangan bo‘lib, bugun bu qiziqishini oliy ta’lim orqali rivojlantirib bormoqda. U biologiya fanidan sertifikatlar sohibasi.

Tirik organizmlarda kechadigan jarayonlarni ilmiy jihatdan o‘rganishga bo‘lgan intilish Marjonaning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini tanlashiga sabab bo‘lgan. U kelajakda molekulyar biologiya sohasida mutaxassis va yetuk mutaxassis bo‘lishni, zamonaviy biologik tadqiqotlarda ishtirok etishni hamda ilmiy izlanishlar olib borishni maqsad qilgan. Shuningdek, biologiya sohasidagi yangi bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, o‘z bilim va tajribasi orqali O‘zbekiston ilm-fani rivojiga hissa qo‘shishni istaydi.

Bo‘sh vaqtida u ilmiy va biologik mavzularga oid ma’lumotlarni o‘rganadi, kitob o‘qiydi hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. U o‘z ustida muntazam ishlash, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik va maqsad sari izchil harakat qilish borasidagi tajribasini boshqalar bilan bo‘lisha oladi. Biologiya va ilmiy izlanishga qiziqqan yoshlarga o‘z bilimlari bilan yordam berishni istaydi.

Uning hayotiy prinsipi: “Har kuni o‘rganish, o‘z ustimda ishlash va bilimim bilan jamiyatga foyda keltirish.”

Hoziroq ariza qoldirish