Qozoqova Zarina Toshtemir Qizi

Qozoqova Zarina Toshtemir Qizi
Qozoqova Zarina Toshtemir Qizi
18 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Qozoqova Zarina Toshtemir qizi Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Bahor mahallasida yashaydi. U Samarqand davlat chet tillari institutining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

U faoliyatini maktab davridan boshlab, turli tadbirlar va jamoat ishlarida faol qatnashish orqali boshlagan. Avvaliga kichik tashabbuslarda ishtirok etib, vaqt o‘tishi bilan o‘zi ham loyihalar va tadbirlarni tashkil etishga harakat qilgan.

Zarina ona tilidan B darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, tadbirlardagi faol ishtiroki uchun turli xil sertifikatlarga ham ega bo‘lgan. Uning bunday natijalarga erishishida, eng avvalo, ota-onasi sababchi bo‘lgan: ular uni har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlab kelgan.

U bo‘sh vaqtida qo‘shimcha darslarga qatnashadi va o‘z ustida ishlaydi. Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Lider o‘z qarorlari va jamoasi oldidagi vazifalariga javob bera olishi, boshqalarga namuna bo‘lishi hamda kerakli paytda tashabbus ko‘rsatishi kerak.

Uning kelajakdagi asosiy maqsadi — o‘z ustida doimiy ishlash, bilim va tajribasini oshirish hamda jamiyatga foydali inson bo‘lish. U o‘qish va kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishib, o‘rganganlarini boshqalar bilan bo‘lishishni istaydi. Shuningdek, yoshlar uchun foydali loyihalarda faol ishtirok etib, ularning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishni eng katta orzularidan biri deb biladi. Kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi va boshqalarga motivatsiya bera oladigan kuchli lider bo‘lishni maqsad qilgan.

Uning hayotiy shiori: “Bugun sizning imkoniyatingizga shubha qilayotganlarga eng yaxshi javob — ertaga siz erishadigan yuksak natijalardir. To‘xtamang!”

Hoziroq ariza qoldirish