Quchqorova Gulsevar

Quchqorova Gulsevar Uchqun qizi
Quchqorova Gulsevar Uchqun qizi
19 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Quchqorova Gulsevar Uchqun qizi 2007-yil 12-yanvarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Sariosiyo shaharchasida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida pedagogika sohasida tahsil oladi. Uning faoliyati 2025-yildan boshlangan.

Gulsevar ona tilidan milliy sertifikatga ega hamda 5 tadan ortiq maqola muallifi. U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish va ularni boshqalarga sodda qilib tushuntirishni yaxshi ko‘radi.

Uning hayotiy prinsipi — imkoniyat kutmasdan, uni yaratishdir. U har bir qarori uni maqsadiga yaqinlashtirishiga ishonadi. Gulsevarning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U haqiqiy lider qaror qabul qilishdan qo‘rqmasligi, xatolarini tan olishi va o‘zi hamda jamoasi natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak, deb hisoblaydi.

U kelajakda o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish, doimiy izlanish orqali bilim va tajribasini oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, yaxshi lider bo‘lib, atrofidagi insonlarga foyda keltirish, jamoani birlashtira olish va jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shishni istaydi. Uning eng katta orzusi — o‘z kasbi orqali insonlarga manfaat yetkazadigan, hurmatga sazovor va muvaffaqiyatli inson bo‘lish.

Hoziroq ariza qoldirish