Rabbimova Tahmina Sherzodovna

Rabbimova Tahmina Sherzodovna
Rabbimova Tahmina Sherzodovna
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Rabbimova Tahmina Sherzodovna 2010-yil 1-dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Samarqand shahrida yashaydi va Samarqand shahridagi 51-IDUM o‘quvchisi.

Tahmina First Milestone loyihasida ambassador. U «Moda yo‘li 2026»da model sifatida qatnashgani uchun sertifikat olgan, Econspire loyihasida 2-o‘rinni hamda GrowXda 3-o‘rinni egallagan. Nemis tilidan xalqaro DSD I sertifikatiga ega. Shuningdek, Samarqand viloyati «Iqtidorli yosh jurnalistlar maktabi»ni qizil diplom bilan tamomlagan.

Bo‘sh vaqtida skripka va pianino chaladi, turli detektiv filmlarni tomosha qiladi hamda kitob o‘qiydi. Nemis va ingliz tillarini takomillashtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun har qanday joyda ijobiylikni saqlash, sardorlik qila olish va har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik muhim.

U kelajakda Germaniyada diplomatiya sohasida o‘qishni istaydi. O‘qishni tugatgandan keyin Germaniya va O‘zbekiston hamkorligida ikki davlatdagi ekologik muammolarga to‘g‘ri yechim topib, uni amalda ko‘rsatishni maqsad qilgan. U ko‘p narsaga qiziqadi va ularni sinab ko‘radi: aktrisalik va modellik kastingida qatnashib, kastingdan o‘tgan, biroq 1 oy o‘qigach, qiziqishi yo‘qolgan. Aslida diplomatiya emas, detektiv sohada o‘qishni istagan. U 5 ta tilni biladi, volontyor sifatida ham faoliyat yuritadi. Uning ko‘plab lavhalari muxbir.uz saytida chiqqan.

Uning hayotiy shiori: «В жизни нужно идти вперёд, не оглядываясь на прошлое. Если бы Золушка вернулась за оставленной туфелькой, она бы не стала принцессой...»

«Har bir yangi kun inson hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

O‘tmishda qolgan narsalar kelajakka qadam tashlashimizga to‘sqinlik qilmasligi kerak.»

Hoziroq ariza qoldirish