Rafibayev Ne'matullo Guljonovich

Rafibayev Ne'matullo Guljonovich
Rafibayev Ne'matullo Guljonovich
9 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Rafibayev Ne'matullo Guljonovich 2010-yil 25-aprelda Buxoro shahrida tug‘ilgan. U Buxoro viloyati, Buxoro shahrida yashaydi va Buxoro shahridagi 22-maktabning 11-sinfida tahsil oladi. Uning asosiy qiziqish va faoliyat yo‘nalishlari IT, robototexnika, dasturlash hamda sun’iy intellektdan iborat. Shu bilan birga, u ta’lim, yoshlar bilan ishlash, volontyorlik va ijtimoiy loyihalarda faol qatnashadi.

U faoliyatini 12 yoshidan IT va texnologiyaga qiziqishdan boshlagan. Dastlab robototexnika, dasturlash va turli texnologik loyihalar bilan shug‘ullangan. 14 yoshidan ingliz tilini jiddiy o‘rgana boshlagan hamda keyinchalik bu bilimlarini boshqalarga mentorlik qilishda qo‘llagan. Shu yoshidan boshlab volontyorlik, yoshlar loyihalari, tadbirlar va turli jamoaviy tashabbuslarda ham faol qatnasha boshlagan.

Ne'matullo robototexnika yo‘nalishida qator natijalarga erishgan: Barkamol Avlod Robotics Competition tanlovida ko‘zi ojiz insonlar uchun “SmartStick” aqlli tayoq loyihasi bilan 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, RID Fest, Robofest va Robot-UZ robototexnika tanlovlarida 1-o‘ringa, VeriCase biznes case va biznes debatlari musobaqasida 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan. Financopedia va Econspire biznes hamda iqtisodiy case competitionlarida MVP Awards — MVP (Most Valuable Player) sifatida e’tirof etilgan. U IELTS xalqaro ingliz tili sertifikatidan Overall 8.0 natijasini qayd etgan.

“Yoshlar Imkoniyatlar Maydoni” festivalida faol ishtiroki uchun “Raqamli texnologiyalar yetakchisi” nominatsiyasi bilan, “Taraqqiyot Umidi” tanlovida esa ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy tashabbuslardagi faoliyati uchun MY BEE ilmiy nashriyoti tomonidan diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. U futbol jamoasi sardori bo‘lib, sport musobaqalari va tadbirlarida faol qatnashgan. Bukhara Youth Cup 2026 turnirining asoschisi sifatida 12 ta jamoani birlashtirgan yoshlar futbol turnirini tashkil qilgan.

U Inflection UZning Bukhara Ambassadori sifatida yoshlar va texnologiyalar hamjamiyatini rivojlantirishda faoliyat yuritadi. FinAtlasda Project Assistant sifatida loyiha va jamoaviy ishlar bilan shug‘ullangan, Chalant Youthda MUN Organizer sifatida MUN konferensiyalarini tashkil etishda faol ishtirok etadi. Ijtimoiy, ta’limiy va yoshlar tadbirlarida 50+ soat volontyorlik qilgan hamda “Yagona Vatan, Yagona Xalq bo‘lib, Yangi Hayot va Kelajak” yo‘nalishidagi yoshlar va ijtimoiy tashabbuslarda faol qatnashgan.

Uning hayotiga Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sabr-toqati, adolati, mehr-shafqati va insonlarga munosabati katta ta’sir ko‘rsatgan. Uni “Dil ba yor, dast ba kor”, ya’ni “Qalb Yaratganda, qo‘l esa mehnatda” shiori ilhomlantiradi. U kelajakda AQSh, Yaponiya yoki Yevropadagi nufuzli universitetlardan birida tahsil olib, texnologiya, IT va innovatsiyalar sohasida rivojlanishni istaydi. Ta’limini tugatgach O‘zbekistonga qaytib, yoshlar rivojiga hissa qo‘shish, IT kompaniyasi, yoshlar tashkiloti va xayriya tashkilotini yo‘lga qo‘yish orqali jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish