Rahimova Oyshajon Inomjon qizi

Rahimova Oyshajon Inomjon qizi
Rahimova Oyshajon Inomjon qizi
9 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Rahimova Oyshajon Inomjon qizi 2006-yil 21-martda Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Iftixor MFY, Kamalak ko‘chasi 31-uyda tug‘ilgan va ayni manzilda yashaydi. U Namangan davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Oyshajon Rahimova 2025-yil 14-avgust kuni Namangan davlat pedagogika institutiga grant asosida talabalikka tavsiya etilgan. U ingliz tilidan B2 darajadagi, ona tili va adabiyot fanidan esa B darajadagi sertifikatga ega. Shuningdek, u kitobxonlik tanlovlarida faxrli o‘rinlar g‘olibasi bo‘lgan, “Ilhom” mukofoti ishtirokchisi sifatida qatnashgan va bir necha maqolalari nashr etilgan.

Uning ilm yo‘liga kirishida ustozlari hamda ota-onasining ishonchi va mehnati katta o‘rin tutgan. O‘qituvchilik kasbini tanlashida otasining o‘rni beqiyos. Maktab davridan boshlab adabiyotga oshno bo‘lgan Oyshajon Rahimova shoir va yozuvchilar izdoshi sifatida faoliyat yuritib keladi. U maqola mavzularida o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi asosida ilmiy izlanishlar olib boradi hamda bu orqali bilimini yanada mustahkamlab, o‘z ustida tinimsiz ishlaydi.

Bo‘sh vaqtida u kitob o‘qiydi, maqola yozadi, she’rlar o‘qiydi, bilimini oshirish uchun turli loyihalarda qatnashadi va foydali podkastlarni tomosha qiladi. Shuningdek, shoir va adiblar hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlardan bahramand bo‘ladi. U boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga harakat qiladi; bu kitob mutolaasi yoki til o‘rganish bo‘lishi mumkin. Har kuni izchil tarzda oz-ozdan o‘rganishga harakat qiladi va eng muhimi to‘xtab qolmaslik, deb hisoblaydi.

Uning fikricha, lider o‘z-o‘zidan lider bo‘lib tug‘ilmaydi, balki yillar davomida olgan bilim va tajribalari asosida tengdoshlariga o‘rnak bo‘la boshlaydi. Lider o‘z bilimi va salohiyatini namoyon etib, tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlaydi, safini kengaytiradi, yoshlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanadi hamda vaqtini foydali mashg‘ulotlarga bag‘ishlaydi.

Oyshajon Rahimova bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlaguncha bir nechta ilmiy maqola, qo‘llanma va kitoblar chiqarishni maqsad qilgan. U “Yil talabasi”, nomdor stipendiyalar va Prezident stipendiyalari sovrindori bo‘lishni, imtiyozli ravishda magistratura bosqichida tahsil olishni, yosh avlodga malakali va yetuk ustoz, pedagog sifatida ta’lim berishni hamda bir nechta chet tillaridan sertifikatlarni qo‘lga kiritishni orzu qiladi. Kelajakda ustozlari va ota-onasining ishonchini oqlab, o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lib yetishishni maqsad qilgan.

Uning hayotiy shiori: “Dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zgarishni avval o‘zingizdan boshlang!”

“Muvaffaqiyatning badalini bir muddat to‘lamaganlar, muvaffaqiyatsizlikning badalini bir umr to‘laydilar!”

“Eng katta omad yiqilganda qayta turmoqdir!”

Hoziroq ariza qoldirish