Rahmonaliyev Suhrobbek Rustamjon O'g'li
Rahmonaliyev Suhrobbek Rustamjon o‘g‘li 2008-yil 23-avgust kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani Xurramobod qishlog‘ida tug‘ilgan va shu qishloqda yashaydi. U 1-sinfdan 9-sinfgacha Rishton tumani 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 9–10-sinflarda Rishton tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 11 yillik ta’limni ona qishlog‘idagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tamomlagan. Hozirda Sarbon universitetining Yurisprudensiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi hamda Bolalar harakati tashkilotida faoliyat yuritadi.
U faoliyatini 2024-yilda 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “San’at” yo‘nalishi sardori sifatida boshlagan. 2024–2025-yillarda Rishton tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining San’at yo‘nalishi sardori bo‘lgan. 2025–2026-yillarda Xurramobod MFY bosh sardori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U Rishton tumani lideri sifatida ham qayd etilgan.
Suhrobbek Rahmonaliyev ona tili va tarix fanlaridan Milliy sertifikatga, Hamdam ingliz tilidan Multilevel sertifikatga ega. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlaridagi ijtimoiy faolligi uchun maktab ma’muriyati tomonidan bir necha bor taqdirlangan. Maktab va qishlog‘idagi jamoatchilik tadbirlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarida jonbozlik ko‘rsatgani hamda tengdoshlari orasida liderlik qobiliyati bilan ajralib turgani uchun MFY raisi tomonidan tashakkurnoma, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan.
Uning hayotida bobosi Mamajonov Akbarjon Ahmadjonovich alohida o‘rin tutadi. Bobosining Ichki ishlar vazirligidagi bir necha yillik faoliyati uni Yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olishga ilhomlantirgan. Bobosining tumandagi o‘rni va siyosiy hayotdagi peshqadamligi Suhrobbek uchun havas, faxr va sharafdir.
U bo‘sh vaqtida siyosiy hayotga oid kitoblar o‘qiydi. Davlat va jamiyat boshqaruvi, siyosat, sudlov faoliyati, tergov faoliyati hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qiziqadi. San’atga kuchli qiziqishi sababli o‘zbek milliy cholg‘u asboblarini ham chaladi. Uning hayotiy prinsipi: “Agar kimdir hayoti davomida o‘qimishli va bilimli bo‘lmasa, bir kuni uning hayotini boshqa inson boshqaradi.”
Uning fikricha, lider bo‘lishni istagan inson yoshligidan tengdoshlari orasida ajralib turadi, maktab hayotida, sinfdoshlari, do‘stlari va har qanday davrada liderlik qobiliyatini namoyon etadi. Shu bilan birga, obro‘-e’tiborga ega bo‘ladi. U hali o‘rganadigan narsalari ko‘pligini ta’kidlaydi va tengdoshlari hamda yoshlarga har qanday holatda o‘z liderligini ko‘rsatish, ijtimoiy hayotda doimo faol bo‘lishni tavsiya qiladi.
Uning kelajakdagi rejalari o‘z sohasining yetuk, bilimli va tajribali mutaxassisi bo‘lish, davlat va jamiyat boshqaruvida hamda siyosiy hayotda o‘z o‘rnini topishdan iborat.
