Rahmonov Alisherjon Abdulloh O'g'li
Rahmonov Alisherjon Abdulloh o‘g‘li 2008-yil 18-iyunda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 11-sinfdan boshlagan.
Uning 4 ta fandan 7 ta sertifikati bor. Shuningdek, jamoasi bilan “Zakovat” turnirining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan. Alisherjon bu darajaga erishishida ota-onasining hissasi katta ekanini ta’kidlaydi. Otabek Mahkamovning yo‘lini tanlagani uchun unga havas bilan qaraydi.
Uning hayotiy prinsipi: “Buyuk kuch bilan birga katta mas’uliyat ham keladi.” Bo‘sh vaqtida ko‘pincha o‘zi bilan vaqt o‘tkazadi, qo‘shiq tinglaydi yoki futbol o‘ynaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, balki o‘z qarorlari va jamoasining natijalari uchun ham javob beradi.
Kelajakda xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish, sayohat qilish va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuksak kadr bo‘lib yetishishni maqsad qilgan. U boshqalar undan liderlik mahorati, qiziquvchanlik va intiluvchanlikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. O‘z dunyoqarashini keng deb biladi, har bir voqeani sinchkovlik bilan jamoa foydasini ko‘zlab tahlil qiladi hamda kelishib ishlash qobiliyatiga ega.
