Raimova Sevinch

Raimova Sevinch Salim qizi
Raimova Sevinch Salim qizi
13 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Raimova Sevinch Salim qizi 20.06.2008-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U JDPUning 1-kurs talabasi bo‘lib, grant asosida xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini bu yildan boshlamoqda.

Sevinch ingliz tili bo‘yicha B2 sertifikatiga hamda ona tili bo‘yicha B+ sertifikatiga ega. U “Yosh kitobxon” qatnashchisi, bo‘lajak volontyor va tarjimondir. Unga bobosining bergan muhim tavsiyalari ta’sir qilgan. Uning hayotiy shiori: “Sekin borayotganingdan qo‘rqma, faqat to‘xtab qolishdan qo‘rq”.

Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, qo‘shimcha tillarni o‘rganadi, shirinliklar tayyorlashni yoqtiradi va gullarni juda yaxshi ko‘radi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun oldinga intilish, harakatdan to‘xtab qolmaslik va yangi g‘oyalar yaratish muhim. Kelajakda yetuk mutaxassis, tarjimon yoki pedagog bo‘lishni hamda chet elda malaka oshirishni rejalashtiradi. U boshqalar foydali ma’lumotlar va kerakli tavsiyalarni, shuningdek, o‘z ustida tinimsiz ishlashni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

“Sening yagona raqibing — kechagi o‘zing. Har kuni undan bir qadam oldinda bo‘l.”

Hoziroq ariza qoldirish