Rajabova Charosxon Bahodir Qizi
Rajabova Charosxon Bahodir qizi 2008-yil 5-yanvarda Xorazm viloyatida tug‘ilgan va hozirda shu viloyatda yashaydi. U Urganch shahar 23-sonli umumta’lim maktabini oltin medal bilan bitirgan. Hozirda Filologiya fakultetining Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.
Charosxon boshlang‘ich sinfda o‘qigan paytlaridan she’r yozishga qiziqqan. U Turkiyada maqola nashr qildirgan, 16 yoshidan keyin volontyorlik faoliyatini davom ettirgan. Hozirda u Xorazm viloyatining ijtimoiy himoya bo‘yicha bosh koordinatori hisoblanadi.
U ona tili fanidan A darajali milliy sertifikatga, ingliz tili fanidan CEFR B2 darajasiga va tarix fanidan C darajasiga ega. Shuningdek, fan olimpiadasi g‘olibasi bo‘lgan. Uning onasi doimo unga motivatsiya bo‘lib kelgan.
Charosxonning hayotiy prinsipi — doimo olg‘a intilish va yangi bilimlarni o‘rganish. U bo‘sh vaqtida asosan kitob o‘qiydi, rus va turk tillarini o‘rganadi hamda IELTS darajasini oshirmoqda. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun olg‘a intilish, yangi bilimlarni o‘rganish, tinglay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va tanqidni to‘g‘ri qabul qilish muhim. U boshqalar undan ilm va sabr-bardoshni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda Charosxon nomdor stipendiyalarga erishishni, karyerasini qurishni, o‘quv markaz ochishni va bilim ulashishni maqsad qilgan. Shuningdek, u fan doktori va professor darajasiga yetishni hamda o‘quv jarayonini chet elda davom ettirishni rejalashtiradi.
«Hech qachon xato qilishdan qo‘rqmang, chunki har bir xatolik sizga katta tajriba beradi. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmay, orzularingiz tomon har kuni kichik bo‘lsa ham qadam tashlang.»
