Rajabova Farangiz Shaymardon qizi
Rajabova Farangiz Shaymardon qizi 2003-yil 11-sentabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. U Qarshi davlat universitetining Matematika yo‘nalishida oliy ta’limning 4-bosqichini tugallagan. Uning o‘qish va ilm olishga bo‘lgan qiziqishi bolaligidan bor.
Farangiz Rajabova ko‘pgina tanlovlarda, jumladan, “Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etgan hamda “Zakovat” intellektual klubi a’zosi bo‘lgan. U mutolaa yo‘nalishida ko‘plab sertifikatlarga ega, SAT xalqaro sertifikatini olgan va Xalq Demokratik partiyasi a’zosi. Shuningdek, u kompyuterda yaxshi ishlaydi.
Unga o‘zbek adiblaridan Abdulla Qodiriy va Tohir Malik asarlari juda yoqadi. Jahon adabiyotida uning eng sevimli, sevib mutolaa qiladigan adiblari Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, Mixail Bulgakov va boshqalardir. Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish, sayohatlar uyushtirish va turli qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi.
Farangiz Rajabova kelajakda Xalq ta’limi vazirligida faoliyat olib borish va shu asnoda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtiradi. U kutubxona ochib, yoshlar orasida mutolaaga qiziqishni oshirishni maqsad qilgan. Boshqalar undan intizom, tartib va, eng muhimi, tirishqoqlikni o‘rganishlari mumkin. U bolalarga matematika fanidan ta’lim beradi va ish faoliyatini markazda olib boradi.
“O‘zingni kichik deb o‘ylama. Sen butun olamning mohiyatini o‘z ichingda olib yurasan.”
