Rajabova Ruxshona Umid Qizi
Rajabova Ruxshona Umid qizi 2008-yil 25-iyunda Buxoro tumani, Galaosiyo shahrida tug‘ilgan. U Buxoro tumanida yashaydi. U 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi bo‘lib, ingliz tili fanidan B2 sertifikatiga hamda ona tili va adabiyot fanidan B darajali milliy sertifikatga ega.
U Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining 2-bosqich talabasi. Uning faoliyati asosan maktab yillaridan boshlangan. U 2024-yildan boshlab tayyorlov kurslarini tashkil qilgan, keyinchalik sohasiga bo‘lgan qiziqishi tufayli oliy ta’limga hujjat topshirgan. Hozirda u ingliz tilidan onlayn darslar o‘tadi va boshlang‘ich ingliz tilini o‘qitish bilan shug‘ullanadi.
Ruxshona Jadidlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Millatlar mozaikasi” xalqaro festivalida 1-o‘rin sohibasi va “Do‘stlik elchisi” laureati bo‘lgan. U “Millat g‘ururi” xalqaro tanlovi ishtirokchisi hamda “Millat g‘ururi” esdalik ko‘krak nishoni taqdirlanuvchisidir. Uning maqolalari “New Reneissance” xalqaro jurnalida, “In volume 4, Issue 1 of Analysisi of world scientific views International Scientific Journal 2026” va “International Journal of Political Scienes and Economics” nashrlarida chop etilgan. Shuningdek, u “Raqamli tilshunoslik va IT atamalar lug‘ati” elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi muallifidir.
U o‘zida motivatsiya yetishmayotganini his qilganida, onasining orzulari ro‘yxatini ko‘rish uchun onasi uchun ham hamma narsani uddalashi shart bo‘lgan qizni tasavvur qiladi. Uning hayotiy shiori: “Bo‘lsang, doimo birinchi bo‘l, bo‘lmasa hech kim!” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat, chunki liderlar doimo boshqalarga namuna sifatida ko‘rinib kelgan.
U o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish va kelajakda shaxsiy o‘quv markazini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiradi. U boshqalar undan irodani mustahkamlash hamda boshqalarga o‘rnak bo‘lish uchun maksimal darajada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan harakatlarni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: “Inson o‘zi tasavvur qilganidan ko‘ra ko‘proq narsaga qodir. Faqatgina xohish bo‘lsa, bas.”
