Rasulova Feruza Rasul Qizi

Rasulova Feruza Rasul Qizi
Rasulova Feruza Rasul Qizi
24 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Rasulova Feruza Rasul qizi 31.08.2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashaydi. U o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lib, 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan. Hozirda Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa va san’at institutining Turizm va mehmondo‘stlik fakultetida tahsil olmoqda.

Feruzaning 4 ta sertifikati mavjud: tarix fanidan B+, ona tili fanidan C+ hamda CEFR bo‘yicha 2 ta B1 darajadagi sertifikat. U 3 oy davomida tarix fanini o‘rganib, B+ darajasini qo‘lga kiritgan va bu fanga mehr qo‘ygan. Keyinchalik turizm sohasida faoliyat yuritishga qaror qilgan hamda 9 oy ichida 4 ta sertifikat olgan.

Uning shakllanishiga maktab direktorlari, yoshlar yetakchisi va boshqa ko‘plab insonlar turtki bergan. Biroq asosiy poydevor onasi bo‘lib, onasi uni yoshligidan ilmga, mehnatga va shijoatga intiluvchan qilib tarbiyalagan. Feruza 8-sinfdan boshlab huquq yo‘nalishini o‘rgangan, yuridik litsey yoki ichki ishlar akademik litseyiga kirib, xodim yoki yurist bo‘lishni niyat qilgan. U yuridik litsey uchun 2 ball yetmaganini, diplomatiya uchun 3 ball bilan bog‘liq holat bo‘lganini aytadi. U ichki ishlar akademik litseyining barcha ichki imtihonlaridan o‘tganini, biroq boshqa bir imtihoni bilan bir kunga to‘g‘ri kelgani sababli ichki ishlar imtihoniga kirmaganini bildiradi.

U tashqi salbiy fikrlar ta’sirida 1 yilini yetarlicha harakat qilmasdan o‘tkazganini aytadi. Keyinchalik ingliz tili kursiga qatnay boshlagan, huquqni o‘rgangan, maxsus kursga qatnagan, HMQAning maxsus tayyorlovlariga borgan va maktab olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan. U o‘ziga ishonib, «Men uddalayman» degan yondashuv bilan harakat qilishga intiladi.

Feruza bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, muzeylar va tarixiy obyektlarni o‘rganadi. U Sport vaziri bilan bir necha bor uchrashganini, Sport vazirining tashabbusi bilan taekvondo sport turiga qatnay boshlaganini aytadi. Shuningdek, Milliy gvardiyada ma’lum bir muddat volontyor bo‘lgan.

Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — o‘z xatosini tan olishga yetadigan kamtarlikdir. Lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatishdan oldin o‘z yo‘lini topgan bo‘lishi kerak. Feruza kelajakda turizm sohasida yetuk mutaxassis va lider bo‘lishni, yoshlarni sayohat orqali dunyoni o‘rganishga qiziqtirishni xohlaydi. U yoshlarning yangi madaniyatlar, tillar va imkoniyatlarni kashf etishiga sabab bo‘ladigan loyihalar yaratishni, shuningdek, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini dunyoga tanitishga o‘z hissasini qo‘shishni katta maqsad deb biladi.

U boshqalarga ilmga chanqoqlikni, har qanday sharoitda ishlay olishni, qiyinchilikda yengilmasdan shijoat bilan oldinga intilishni va o‘z fikrini aniq bayon qilishni o‘rnak sifatida ko‘rsatadi. Uning hayotiy prinsipi — imkoniyat kutishdan ko‘ra, bor imkoniyatdan foydalanishdir.

Hoziroq ariza qoldirish