Rasulova Gulshoda Jasur qizi

Rasulova Gulshoda Jasur qizi
Rasulova Gulshoda Jasur qizi
6 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Rasulova Gulshoda Jasur qizi 2007-yil 6-mayda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda istiqomat qiladi. U 2025-yilda 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlab, shu yili Samarqand "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti (xitoy tili) yo‘nalishi bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan. Hozirda mazkur yo‘nalishda tahsil olmoqda.

Gulshoda maktab davridan rassomchilik bilan ko‘p shug‘ullangan va liboslar dizayni yo‘nalishiga kuchli qiziqadi. Rassomchilik yo‘nalishidagi ko‘rik-tanlovlarda maktab miqyosida 1-o‘rinni, tuman miqyosida 2-o‘rinni egallagan, onlayn ko‘rik-tanlovlarda ham 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. U International Education loyihasining zamonaviy turk tili yo‘nalishi bo‘yicha "The Best Delegate" sertifikatini, Kelajak ofisi dasturida ham "The Best Delegate" sertifikatini olgan. Shuningdek, Qizlar akademiyasi loyihasining Fashion yo‘nalishini hamda Uzumda biznes kurslarini tamomlagan.

U ingliz tilidan IELTS 5.5, B2 va Multi-level B2 sertifikatlariga ega, turk tilida so‘zlasha oladi. Xitoy tili yo‘nalishida tahsil olayotgan Gulshoda ko‘plab volontyorlik ishlarida ham faol qatnashgan. Bo‘sh vaqtida nutqini rivojlantirish uchun ko‘p kitob o‘qiydi, qo‘shimcha ravishda til o‘rganadi va yaxshigina qo‘shiq kuylay oladi.

Unga atrofidagilarning yutuqlari ilhom beradi, ayniqsa ota-onasining uning orzulariga yetishini istashi unga kuch bag‘ishlaydi. Uning fikricha, lider o‘ziga ishonchli, aniq maqsadli, kreativ fikrlaydigan va boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Gulshoda ko‘p odamlar orasida jamoaviy muhit yaratish va birlashib harakat qilish qobiliyatiga ega. U boshqalarga kreativ fikrlashni, tilga bo‘lgan qiziqishni va jamoada birga ishlashni o‘rgata oladi.

U kelajakda xitoy tilidan HSK sertifikatini olish, Work and Travel dasturi bo‘yicha sayohat qilish, til o‘rgatish uchun kurs ochish, universitetni tamomlagach marketing yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qib, yanada rivojlanishni rejalashtirgan. Uning hayotiy shiori: "Maqsadingga erishish yo‘lida tog‘ kabi qiyinchilik kelsa ham, aslo harakatdan to‘xtama."

"Maqsading yo‘lida hech qachon to‘xtama. Orzularing armon bo‘lib qolmasin!"

Hoziroq ariza qoldirish