Rasulova Muxlisa Ravshanovna
Rasulova Muxlisa Ravshanovna 17.07.2008-yilda Samarqand viloyati Toyloq tumanida tug‘ilgan. U ayni paytda Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashaydi.
U talaba bo‘lib, KIUTda filologiya sohasida tahsil oladi. Uning ingliz tili darajasi B2, ona tili darajasi esa B.
Muxlisa o‘z faoliyatini o‘zini rivojlantirish va yangi tajribalar orttirishga bo‘lgan qiziqishi sababli boshlagan. Dastlab kichik loyihalar hamda turli tadbirlarda ishtirok etgan. Vaqt o‘tishi bilan tajribasi oshib, faoliyatini yanada rivojlantirishga harakat qilgan.
Bo‘sh vaqtida badiiy asarlar o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun doim olg‘a intilish va tengdoshlari orasida ajralib turish muhim. Kelajakda Vatanimiz uchun yetuk mutaxassis bo‘lish va kelajak avlodlarga ta’lim berishni maqsad qilgan.
Uning boshqa yoshlarga murojaati: “O‘zingizga ishoning va qiyinchiliklardan qo‘rqmang, chunki har bir sinov sizni yanada kuchli inson qiladi. Orzularingiz sari intiling va hech qachon taslim bo‘lmang.”
