Rasulova Ruxshonabonu Abduvahhob Qizi
Rasulova Ruxshonabonu Abduvahhob qizi 16.10.2008-yilda Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Zohidon qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashaydi. U Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasi bo‘lib, o‘zbek tili va adabiyoti hamda pedagoglik sohasida tahsil oladi.
U faoliyatini 2025-yilda onlayn repetitorlik bilan boshlagan, 2026-yildan esa universitet orqali davom ettirmoqda. Ruxshonabonu “Zulfiya” Davlat mukofoti respublika bosqichi ishtirokchisi, “Buyuk jadidchilar izdoshi” va “Zukko izlanuvchi-2025” ko‘krak nishonlari sohibasidir. U bir qancha kitobxonlik tanlovlari g‘olibasi, “Inson huquqlari bolalar nigohida” respublika tanlovining She’riyat yo‘nalishi g‘olibasi hamda yosh ijodkor sifatida maktabni Oltin medal bilan tamomlagan.
Unga onasi va oilaviy muhit katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lib, onajonining yuzini yorug‘ qilishni maqsad qilgan. Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, she’r va maqolalar yozadi.
Uning hayotiy prinsiplari: “Inson harakat qilsa, yutadi”; “Bilmaslik ayb emas, bilishni xohlamaslik ayb”; “Har qanday sharoitda inson imkon topa olishi lozim”. Kelajakda Zulfiya mukofoti sovrindori bo‘lish, oliy ma’lumotli inson bo‘lish, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibasi bo‘lish va Prezident e’tirofidagi qiz bo‘lishni orzu qiladi. U boshqalarga sabrli bo‘lishni, ko‘proq harakat qilishni va har qanday holatda ham taslim bo‘lmaslikni o‘rgata oladi. O‘zini tirishqoq, intiluvchan, shu bilan birga injiq va bitta gapda turadigan qiz deb ta’riflaydi.
