Рахимова Жасмина Дониёр Кизи

Raximova Jasmina Doniyor qizi 15.06.2007-yilda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashaydi. Jasmina O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy axborot kommunikatsiyasi yo‘nalishida, shuningdek, jurnalistika va xorijiy filologiya sohalarida tahsil oladi. U faoliyatini jurnalistika yo‘nalishida olib bormoqda.

U ingliz tili bo‘yicha CEFR B2 hamda milliy sertifikat C1 darajalariga ega. Jurnalistika fakultetidagi mentori Tolibov Asilbek unga ilhom bag‘ishlaydi. Jasmina sifat va mukammallikka e’tibor beradi, shu sababli qilayotgan ishini imkon qadar o‘zi istagandek bajarishga harakat qiladi.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, rasm chizadi, turli xil kanali uchun post va kontentlar yaratadi. Shuningdek, raqs tushadi hamda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyat va ishonch muhim. U boshqalarga sabr, ishonch va chidamlilik namunasini bera oladi. Kelajakda sayohat qilishni va o‘zining shaxsiy biznesiga ega bo‘lishni xohlaydi.

«O‘zingizga ishoning, ko‘proq harakat qiling va hech qachon o‘zingiz xohlagan narsadan voz kechmang. Har bir xatoni tajriba deb qabul qiling, o‘zingiz ustingizda ishlang va boshqalarning fikridan ko‘ra o‘z maqsadingiz va kelajagingizga ko‘proq ishoning.»

Hoziroq ariza qoldirish