Raxmatova Ko'hinur Ulug'bek Qizi

Raxmatova Ko'hinur Ulug'bek Qizi
Raxmatova Ko'hinur Ulug'bek Qizi
19 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Raxmatova Ko'hinur Ulug'bek qizi 06.01.2009-yilda tug'ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumanida yashaydi. Ko'hinur JIDU talabasi bo'lib, huquq va tarix yo'nalishlariga qiziqadi hamda ushbu sohalarda tahsil oladi.

U faoliyatini 2025-yilda ustozining ko'magida boshlagan. Ko'hinur “Huquq bilimdonlari” tanlovining hududiy bosqichida 1-o'rinni, “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida 3-o'rinni egallagan. Shuningdek, u 2022-yilda “Yosh kitobxon” tanlovining maktab bosqichida ilk sertifikatini qo'lga kiritgan.

U bo'sh vaqtida badiiy asarlar mutolaa qiladi, she'r va hikoyalar yozadi. “Zakovat” intellektual o'yiniga qiziqadi hamda maktab, tuman va universitet bellashuvlarida qatnashib kelmoqda. Uning hayotiy shiori: “Bilimga ajratilgan har bir kun — kelajak uchun qo'yilgan eng qimmat sarmoya.”

Ko'hinurning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — o'zini boshqalar bilan taqqoslamaslik va xato qilganda ham qayta harakat qila olishdir. U boshqalarga iroda va qat'iyat namunasi bo'la oladi. Uning kelajakdagi maqsadi adolatni ta'minlaydigan yetuk yurist bo'lishdir.

Hoziroq ariza qoldirish