Raxmatova Umida Jamol Qizi

Raxmatova Umida Jamol Qizi
Raxmatova Umida Jamol Qizi
20 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Raxmatova Umida Jamol qizi 15.02.2007-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U bakalavr bosqichida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Biokimyo institutida tahsil oladi. Uning yo‘nalishlari biologiya va genetika sohalaridir. U faoliyatini 2025-yildan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida boshlagan.

Umida biologiya va kimyo fanlaridan sertifikat olgan. U bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qiydi va she’r yozadi, o‘zini ijodkor deb hisoblaydi. Uning hayotiy shiori: “G‘alabalar davrida kamtar bo‘l, mag‘lubiyatlar davrida xotirjam bo‘l.” Unga ko‘ra, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar intizom va harakatdir. Boshqalar undan adolat, tartib va intizomni o‘rganishlari mumkin.

Uning kelajakdagi maqsadi — Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lish va yurtga foydasi tegishi. Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: “Bilimning qadri uning hajmida emas, insoniyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasida namoyon bo‘ladi.”

Hoziroq ariza qoldirish