Raxmatullayeva Durdona Fazliddin Qiz

Raxmatullayeva Durdona Fazliddin Qiz
Raxmatullayeva Durdona Fazliddin Qiz
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Raxmatullayeva Durdona Fazliddin qizi 2002-yil 12-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashaydi. Hozirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistraturasining 2-bosqich talabasi bo‘lib, sport sohasida tahsil oladi.

U sport sohasidagi faoliyatini 6 yoshidan boshlagan va bu yo‘nalishda 18 yildan beri shug‘ullanadi. Durdona boks bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi hamda sport ustasi. U «Yosh tadqiqotchi» va «Kelajak bunyodkori» ko‘krak nishonlari sohibi, turk tili bo‘yicha TYS xalqaro sertifikati hamda jismoniy tarbiya fanidan milliy sertifikat sohibidir. Shuningdek, u oliy toifali jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, 50 dan ortiq ilmiy va 100 dan ortiq publitsistik maqola muallifi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi laureati.

Unga ota-onasi va ustozlarining ishonchi katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: «Inson intilgan narsasiga albatta erishadi». Bo‘sh vaqtida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi, maqolalar yozadi va badiiy kitoblar o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun ishonch, qat’iyat, mehnat va sabr muhim. U chapaqay, hayotda quvnoq va juda qat’iyatli.

Durdonaning kelajakdagi maqsadlari — Prezident stipendiyasini olish va «Yil o‘qituvchisi» bo‘lish. U boshqalar undan qat’iyat va sabrni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

«Ilm olish va sabr qilib harakat qilish kerak.»

Hoziroq ariza qoldirish