Raxmatullayeva Durdona Jalol Qizi
Raxmatullayeva Durdona Jalol qizi 2008-yil 24-oktabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Sho‘rji qishlog‘ida tug‘ilgan va shu qishloqda yashaydi. U o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lib, 1-son texnikumda tahsil olgan. Hozirda Shahrisabz davlat pedagogika universitetining 1-bosqich talabasi.
U 2024-yil sentyabr oyidan o‘quv kurslariga qatnay boshlagan. Ingliz tili fanidan B2 darajadagi sertifikat, ona tili va adabiyot fanidan C+ darajadagi milliy sertifikat hamda matematika fanidan C+ darajadagi sertifikatga ega.
Durdonaning otasi va 3 nafar ammasi o‘qituvchi bo‘lgan. Shu sababli u ham o‘qituvchi bo‘lishga qaror qilgan. Uning hayotiy shiori: “Orzu qil, o‘rgan, harakat qil va erish.” Bo‘sh vaqtida u o‘z ustida yanada ko‘proq ishlaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — vaqtni to‘g‘ri taqsimlay bilish.
Uning maqsadlari IELTS 9, sayohat qilish va ota-onasiga munosib farzand bo‘lishdan iborat. Uning fikricha, muvaffaqiyat bir kechada kelmaydi; sabr, mehnat va doimiy o‘rganish orqali maqsadlarga yaqinlashish mumkin.
