Raxmonqulova Sevinch Abror qizi

Raxmonqulova Sevinch Abror qizi
Raxmonqulova Sevinch Abror qizi
7 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Raxmonqulova Sevinch Abror qizi 19.09.2005-yilda Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani Kichik Nayman mahallasida yashaydi.

U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 4-bosqich talabasi. Hozirda kimyo fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, Samarqand Eco Startupchilar klubi rahbari bo‘lib, Samarqand Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi qoshida Eco Startupchilar klubini tashkil etgan.

Sevinch bir vaqtning o‘zida maktabda o‘qituvchilik qiladi, universitetda tahsil oladi, Eco Startupchilar klubida faoliyat yuritadi hamda xalqaro konferensiya va seminarlarda faol ishtirok etadi. Bo‘sh vaqtida o‘z startap loyihasi bilan shug‘ullanadi.

U V Xalqaro eko qurultoydagi “Eng yaxshi eko loyiha” tanlovida 2-o‘rinni, Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan “Mening startap loyiham” tanlovida 1-o‘rinni egallagan. Eco Expo Central ASIA 2026 tadbirida “Eng yaxshi startapchi” deb e’tirof etilgan. Shuningdek, esdalik sovg‘alari va xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlangan.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni har doim o‘z zimmasiga olishdir. U boshqalarga “Men boshqaraman, men javob beraman” deyishni o‘rgata olishini ta’kidlaydi. Reja va orzu-maqsadlarini asta-sekin amalga oshirib borishni maqsad qilgan.

“Katta o‘zgarishlar jasorat bilan tashlangan kichik qadamdan boshlanadi.

Sizning g‘oyangiz, harakatingiz va ishonchingiz kelajakni o‘zgartiradi.”

Hoziroq ariza qoldirish