Rejabboyeva Charos Ruslonbek Qizi
Rejabboyeva Charos Ruslonbek qizi 2009-yil 3-sentabrda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Hozirda Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanida yashaydi. U IIV Xorazm akademik litseyining 2-bosqich talabasi bo‘lib, ta’lim faoliyatini 2025-yil 3-sentabrda boshlaganini qayd etgan.
Charos IIV akademik litseyiga qabul qilingan. U tarix, matematika va ona tili fanlaridan sertifikatlarga ega. Ingliz tilidan B2 daraja sohibasi. Shuningdek, fan olimpiadasi g‘olibasi bo‘lib, ona tili, ingliz tili va algebra fanlaridan olimpiada g‘olibasi ekanini bildirgan. «Zakovat» intellektual o‘yinida viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rin hamda respublika bosqichida 4-o‘rin egallaganlar.
Uning hayotida ustozi Qodirov Jahongir Qahramonovich katta o‘zgarish qilgan. Charos barcha yutuqlariga ustozini sababchi deb biladi. Uning hayotiy prinsipi — orzulari yo‘lida qiyinchiliklarga qaramasdan olg‘a qadam bosish. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat sifatida oldinga intilishni ko‘rsatadi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va sport bilan shug‘ullanadi. U boshqalar undan qiziquvchanlikni hamda faqat maqsadlari sari olg‘a intilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Charos kelajakda yurtiga foydasi tegadigan barkamol inson va tergovchi bo‘lishni, organ sohasida o‘z ishining ustasi bo‘lishni, ota-onasini haj safariga yuborishni hamda xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishni maqsad qilgan.
“Haqiqiy lider boshqalardan ustun turadigan emas, balki boshqalarning ham o‘z imkoniyatlarini kashf etishiga yo‘l ko‘rsatadigan insondir.”
