Ensiklopediya2 daqiqa

Ro'ziboyeva Durdona Sharifovna

Stomatologiya talabasi · 3-bosqich talabasi · TIJ 2026 g‘olibasi · Kitob va maqola muallifi

Ro‘ziboyeva Durdona Sharifovna 22.12.2006-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. U Toshkent davlat tibbiyot universitetida stomatologiya yo‘nalishida tahsil oladi. 2024-yilda universitetga kontrakt asosida o‘qishga kirgan, hozirda esa 100 foizlik grant asosida tahsil olmoqda. U Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetining 3-bosqich talabasi.

Durdona Ro‘ziboyeva 26–27-yillarda Zulfiya nomidagi ko‘krak nishoni sohibasi hamda «Sog‘lom turmush targ‘ibotchisi» nomli nominatsiya sohibasi bo‘lgan. U «Muhabbat va sadoqat timsoli Zulfiya» kitobining muallifi, shuningdek, Zulfiya hayoti va ijodiga oid 10 lab xalqaro va mahalliy maqolalar muallifidir. Stomatologiya fanidan o‘tkazilgan TIJ 2026-olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan. U «Doctor reportyor» klubi hamda «Juntos por las Letras» yozuvchilar uyushmasi a’zosi. U Hindiston davlatining xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha rasmiy elchisi sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, stomatologiyaga oid 20 dan ortiq xalqaro va mahalliy maqola hamda tezislar muallifi.

Uning otasi umumiy jarroh shifokor. Durdona yoshligidan jarrohlikka qiziqib keladi va kelajakda yuz-jag‘ jarrohi bo‘lishni istaydi. Uning hayotiy prinsipi: «Insonning eng katta yutug‘i — o‘z imkoniyatlarini kashf etishi, bilim bilan yuksalishi va bu yo‘lda insoniyligini yo‘qotmasligidir».

Bo‘sh vaqtida shaxmat o‘ynaydi, kitob o‘qiydi va she’rlar yozadi. U qiziqishlari ko‘pligi, aynan bitta narsaga qiziqish bilan cheklanmasligi hamda turli yo‘nalishlarda o‘zini sinab ko‘rishi bilan ajralib turadi. Uning fikricha, haqiqiy liderlik boshqalarga buyruq berishda emas, o‘ziga mas’uliyat olishda, odamlarga namuna bo‘lishda va ular bilan birga o‘sishda namoyon bo‘ladi.

Durdonaning eng katta orzularidan biri yuz-jag‘ jarrohligi sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, o‘z bilim va mahorati bilan insonlarga shifo ulashishdir. U, shuningdek, uysiz va qarovsiz hayvonlar uchun maxsus boshpana binosini barpo etib, ularga mehr, g‘amxo‘rlik va xavfsiz hayot taqdim etishni istaydi. U haqiqiy muvaffaqiyatni nafaqat o‘z sohasida yuksak natijalarga erishish, balki o‘z imkoniyatlari orqali bu dunyoga oz bo‘lsa-da foyda keltirish deb biladi. U inson har doim yaxshi tomonga o‘zgarishi, mehnat va ishonch bilan ko‘plab maqsadlarga erishishi mumkinligiga ishonadi; atrofdagilarga ijobiy kayfiyat ulashish, ularni qo‘llab-quvvatlash va eng qiyin vaziyatlarda ham umidni yo‘qotmaslikni muhim fazilatlar deb biladi.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Ro'ziboyeva Durdona Sharifovna

Stomatologiya talabasi · 3-bosqich talabasi · TIJ 2026 g‘olibasi · Kitob va maqola muallifi

Hoziroq ariza qoldirish