Ro'zimboyeva Mahliyo Valijon Qizi
Ro'zimboyeva Mahliyo Valijon qizi 2009-yil 26-fevralda Xorazm viloyati, Bog'ot tumanida tug'ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi. U O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining «Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili» yo'nalishi 1-kurs bakalavr talabasi.
U faoliyatini 2024-yildan ingliz tili kursiga qatnashishdan boshlagan va bu jarayonda uyqusiz tunlarni boshdan kechirgan. Keyin boshqa tumanlarda ona tili va adabiyot, keyinchalik tarix fanidan kurslarga qatnashgan. U ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatga ega, tarix fanidan A darajali natija hamda ona tili va adabiyot fanidan B+ natijani qayd etgan.
Uning onasi bu dunyodagi eng katta yutug'i hisoblanadi. Oilasi uni doim qo'llab-quvvatlaydi va duo qiladi. U 2024-yilda vazifalar juda ko'p berilgani sababli oliy o'quv yurtiga kirmaslikka ahd qilgan edi. Shu paytda onasi uni ruhlantirib, uning shu darajaga yetishiga katta sabab bo'lgan.
U bo'sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, chiroyli husnixat sohibi, fotograf va yangi tillarni o'rganishga qiziqadi. Uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — o'ziga ishonch. Kelajakda yashash joyida katta kutubxona ochishni rejalashtiradi. Boshqalar undan ishtiyoq va har sohaga qiziqishni o'rganishlari mumkin.
Uning hayotiy shiori: «Nima bo'lishidan qat'i nazar, doim oldinga intil. Qilgan mehnatlaring hech qachon samarasiz qolmaydi. Eng katta kuch — bu ilm».
