Ro'ziyeva Muxlisa Akramjon Qizi
Ro'ziyeva Muxlisa Akramjon qizi 23.11.2007-yilda tug'ilgan. U Farg'ona viloyati, Bag'dod tumanida yashaydi. U Farg'ona viloyati Bag'dod tumanidagi 22-umumiy o'rta ta'lim maktabini tamomlagan. Hozirda Farg'ona davlat universitetining Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi.
U yosh bolalarga o'qituvchilik qiladi. Faoliyatini maktabni bitirgach, ustozlari bilan birga shogird sifatida boshlagan. U ona tili fanidan A darajali sertifikat va ingliz tilidan B2 sertifikatga ega. Shuningdek, «Inson volontyori» hamda «Voice Up» tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchisi.
Bo'sh vaqtida psixologiya bilan shug'ullanadi, kitob o'qiydi, ingliz tili hamda turk tillarini o'rganadi. Uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — barcha insonlarni tushuna bilish, qiyin vaziyatlarda ularga yechim va yo'l topishdir. Boshqalar undan irodalilik va matonatlilikni o'rganishlari mumkin. U juda ishtiyoqli va qiziquvchan.
Uning hayotiy shiori: «Qizga ilm berish — bir insonni emas, kelajakdagi butun bir avlodni tarbiyalashdir.» Uning kelajakdagi maqsadi tajribali, bilimli, xalqaro darajadagi ingliz tili o'qituvchisi bo'lishdir.
«Yoshlik — o‘zingni topish emas, o‘zingni yaratish davri. Bugun o‘rgangan ilming, qilgan mehnating va yenggan qo‘rquvlaring ertangi hayotingning poydevoriga aylanadi.»
