Ensiklopediya1 daqiqa
Ro'zmetova Dinora Kamolbek Qizi
2-kurs talabasi · Zakovat ishtirokchisi · CEFR B2 sertifikati · Intizomli yosh · Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi
Roʻzmetova Dinora Kamolbek qizi 2007-yil 17-noyabrda Xorazm viloyatida tugʻilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.
U Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2-kursida tahsil oladi. Xalqaro munosabatlar va xorijiy til (ingliz tili) yoʻnalishida o‘qiydi.
Dinora jamoasi bilan “Zakovat”da bosh oʻrinlarni egallagan. U ingliz tilidan CEFR B2 sertifikatiga hamda ona tilidan B+ darajaga ega.
Uning hayotiy shiori: “Bugungi harakat — ertangi natija”. Dinoraning fikricha, lider bo‘lish uchun jamoada har doim o‘z o‘rning bo‘lishi muhim. Boshqalar undan intizomni va natija uchun oxirigacha harakat qilishni o‘rganishlari mumkin.
U kelgusida o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, o‘zi va yaqinlari uchun yaxshi hayot yaratishni maqsad qilgan.
“O‘zingizga imkon bering va xohlagan hayotingiz sari harakat qiling, chunki kelajagingiz uchun avvalo o‘zingiz mas’ulsiz.”
Muallif
Ro'zmetova Dinora Kamolbek Qizi
2-kurs talabasi · Zakovat ishtirokchisi · CEFR B2 sertifikati · Intizomli yosh · Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi
