Ruhshona Rustamboyeva

Ruhshona Rustamboyeva Muzaffar qizi
Ruhshona Rustamboyeva Muzaffar qizi
15 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ruhshona Rustamboyeva Muzaffar qizi 20.05.2006-yilda Xorazmda tug‘ilgan va hozirda Samarqand viloyatida yashaydi. U Samarqand davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. Shuningdek, markazda turk tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. U faoliyatini 2024-yilda qiziqishi tufayli boshlagan.

Ruhshona C1 turk tili hamda CEFR B2 ingliz tili sertifikatlariga ega. U maktabning oltin medal sohibi, Xorazm Ma’mun universitetida semi-grant asosida o‘qish uchun qabul qilinganlik sertifikati sohibi va «Özbekistanın umutlu çiçekleri» nomli kitob antologiyasi ishtirokchisidir.

Uning onasi unga ijtimoiylashishni o‘rgatgan, tog‘asi esa kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirgan. Ruhshonaning hayotiy prinsipi: «Being grateful is the key for living in a peaceful place», ya’ni «Minnatdor bo‘lish xotirjam hayot kechirishning kalitidir».

Bo‘sh vaqtida u kitob o‘qiydi, til o‘rganadi, sayohat qiladi, she’r yodlaydi, raqsga tushadi, musiqa eshitadi, piano chalish kursiga qatnashadi va krossvord yechadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun qat’iyatlilik, o‘ziga bergan va’dasining ustidan chiqish, networking qila olish, kamtarlik, jasoratlilik, doimiy o‘z ustida ishlash va jamoa bilan muloqot qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish muhim.

Kelajakda u chet mamlakatlarda o‘qishni, O‘zbekistonda №1 kutubxona tashkil qilishni (qurishni), mamlakatlararo sayohat qilishni, boshqa millat vakillari bilan hamkorlikda o‘z biznesiga asos solishni, shaxsiy brendini yaratishni, mualliflik kitobini yozishni va elchixonada ishlashni rejalashtiradi. Boshqalar undan hayotga bo‘lgan qiziqishni oshirishni, bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, energiyali bo‘lishni, til o‘rganishni, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishni, maqsadlari tomon olg‘a borishni, pozitivlikni va kreativroq bo‘lishni o‘rganishlari mumkin.

Uning hayotida maqsadlaridan uzoqlashtiradigan ko‘p narsalar bo‘lgan va imkoniyatlar kam bo‘lgan. Maktab paytlarida u shaxsiy stol-stulda emas, mehmonlarni kutib olishga mo‘ljallangan dasturxon atrofida o‘qib, vazifalarini bajargan. Yoshligida uydagilari muzqaymoq yeyish uchun bergan pullarni birin-ketin to‘plab, kitoblar olib o‘qigan.

«Ilmni tanla, jasoratni qurol qil va yuksal!»

Hoziroq ariza qoldirish