Ruxshonabonu Meliyeva
Ruxshonabonu Meliyeva Vakhobovna 31.12.2007-yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan. U Samarqand shahri, Bulvar hududida yashaydi. Hozirda Samarqand davlat universiteti Biokimyo fakultetida tahsil olib, tibbiyotga oid biotexnologiya sohasini o‘rganmoqda. U faoliyatini 2025-yilda universitet talabasi bo‘lganidan beri olib boradi.
Ruxshonabonu biologiya va kimyo fanlaridan sertifikatlarga ega. U Biokimyo universiteti doirasida o‘tkazilgan biologiya olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan hamda “Zakovat” o‘yinlarida a’lo darajada ishtirok etgan. Shuningdek, u tanlovlar g‘olibasi va oltin medal sohibasi sifatida qayd etilgan.
Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan inson — otasi. Otasi uning yaxshi o‘qishi va kelajakda yaxshi inson bo‘lib yetishishi uchun doimo qo‘llab-quvvatlab, o‘qishi uchun yaxshi sharoit yaratgan, kerakli narsalar bilan ta’minlagan hamda bilim olishning muhimligini tushuntirgan. Otasining mehnati, ishonchi va bergan tarbiyasi Ruxshonabonuni yanada ko‘proq harakat qilishga undaydi. U bularning natijasini yutuqlari orqali isbotlashni maqsad qilgan.
Ruxshonabonu bo‘sh vaqtida psixologik kitoblar o‘qiydi, pozitiv musiqalar tinglaydi va qiziqarli ilmiy mavzularni o‘qib-o‘rganadi. U ko‘p tillarni o‘rganadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — to‘g‘ri qaror qabul qilish va mas’uliyatlilik. Boshqalar undan yaxshi suhbatlasha olishni, qat’iyatli bo‘lishni hamda qiyinchiliklarda aslo taslim bo‘lmaslikni o‘rganishlari mumkin.
U kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, ota-onasining unga bo‘lgan ishonchini oqlab, ularning orzularini amalga oshirishni va juda ham ko‘p mamlakatlarga sayohat qilishni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: “Bugungi harakatim — ertangi natijam.”
