Ruzimuratova Madina Muhammad qizi
Ruzimuratova Madina Muhammad qizi 2003-yil 25-iyulda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Juma shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashaydi.
U 2021-yilda Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kirgan va bakalavr ta’limini ushbu universitetning Kimyo fakultetida olgan. Hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti magistraturasining 1-bosqich talabasi. U 2026-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasiga o‘qishga topshirgan.
Samarqand davlat universitetida tahsil olgan davrida, 2023–2024-yillarda fakultetning iqtidorli talabasi sifatida e’tirof etilgan. Kimyo fakulteti nomidan tashakkurnomalar olgan hamda Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan tanlovlarda turli sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Madina Ruzimuratovaga jon kuyar va qo‘llab-quvvatlaydigan ustozi Uzoqov Javlon katta ta’sir ko‘rsatgan. U Uzoqov Javlon kabi ustoz bo‘lishni orzu qiladi. Uning hayotiy prinsipi: “Bugun bilim uchun sarflangan vaqt — ertangi mustaqilligi, yutuqlari va o‘zi bilan faxrlanadigan hayoti uchun qo‘yilgan eng qimmatli sarmoyadir.”
Bo‘sh vaqtida til o‘rganish, SMM va sun’iy intellektni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. U til, SMM va ilmiy ish bo‘yicha bilim olishga qiziqadi hamda barcha narsani birdan bilishga intiladi.
Uning fikricha, lider boshqa yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlay olishi, ortidan ergashtira olishi va maqsadlarini to‘liq izohlay olishi kerak. Boshqalar undan qat’iyatlilikni, hurmatni bilishni va o‘zini boshqara olishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
U kelajakda doktoranturani davom ettirish va eng yosh professor ayol bo‘lishni maqsad qilgan.
“O‘z yo‘nalishingizga chuqur qiziqish bilan yondashing va har kuni bir yangi maqola o‘qishni odat qiling. Sun’iy intellekt va kimyo kabi tez rivojlanayotgan sohalarda muntazam o‘rganish orqaligina haqiqiy muvaffaqiyatga erishish mumkin.”
