Sabina Akmalovna

Sabina Akmalovna
Sabina Akmalovna
19 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ikromova Sabina Akmalovna 2008-yil 1-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashaydi.

Sabina Emu Universityning Davolash ishi fakulteti 2-kurs talabasi bo‘lib, shifokorlik sohasida tahsil oladi. U Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 244-maktab bitiruvchisi. Shifokorlikka qiziqishi boshlang‘ich sinfligidan shakllangan, 9-sinfdan esa ushbu kasbga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan. U shifokorlik kasbiga kirib kelganini o‘z maqsadlaridan biri sifatida qayd etadi.

U shifokorlik kasbini tanlashining asosiy sababi sifatida yurtimizda malakali ayol shifokorlar kamligi hamda ayol-qizlar o‘z muammolarini erkak shifokorlarga erkin ayta olmasligini ko‘rsatadi. Uning hayotiy prinsipi: “O‘z kuchingga ishon, boshqalarga emas. Sen hammaga yoqishga majbur emassan.”

Bo‘sh vaqtida turli operatsiyalarda ishtirok etadi, detektiv hikoyalar o‘qiydi, ko‘chada sayr qilib odamlarni kuzatadi va turli hikoyalarni eshitadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun insonlarning qobiliyatini ko‘ra olish va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish eng muhim fazilatdir.

Sabina kelajakda dunyo miqyosidagi akusher-ginekolog bo‘lishni, o‘z klinikasini ochishni va o‘z tibbiyot maktabiga asos solishni rejalashtiradi. U o‘quvchilarga shifokor bo‘lish qanchalik mashaqqatli yo‘l ekanini ko‘rsatishni, ularni kuchli kadrlar qilib yetishtirishni hamda yurtimizda kuchli shifokorlar borligini dunyoga ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Uning fikricha, boshqalar undan kirishuvchanlikni, tez anglab olishni va haqiqatni yuziga aytilganda qabul qila olishni o‘rganishlari mumkin. U juda quvnoq, giperaktiv, turli yo‘nalishlarda do‘stlari ko‘p va yashashni yaxshi ko‘radigan qiz. Shuningdek, turli she’rlarni ifodali o‘qiy oladi.

“Oq xalat ostida katta orzular va undan ham katta mas’uliyat bor.”

Hoziroq ariza qoldirish