Safarova Sabrina Ulug'bek Qizi
Safarova Sabrina Ulug‘bek qizi 20.05.2007-yilda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashaydi. Uning ta’lim darajasi — bakalavriat. U Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida tahsil olgan.
Sabrina tarjimonlik sohasida tahsil oladi va ko‘plab maqolalar yozadi. U faoliyatini 2025-yilda universitetga kirganidan so‘ng, o‘z qiziqishi orqali boshlagan. U 2026-yilda «Yil talabasi» sovrindori bo‘lgan. Shuningdek, «Sharq filologiyasining dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashib, «Arab davlatlarida dialektizm va shevalarning hududiy farqlanishi, lingvistik xilma-xillik va qiyosiy tahlili» mavzusidagi maqolasini e’lon qilgan. Uning «Modern Education and Development» international indisciplinary research journalda «Jamoat transportida shaxsiy makon inqirozi: Avtobus o‘rindiqlaridan shaxsiy kapsulalarga o‘tish zarurati» mavzusidagi maqolasi chop etilgan.
Uning hayotiga ota-onasi va ustozlari ta’sir ko‘rsatgan. Hayotiy shiori: «Kelajakni kutma, uni o‘zing yarat». Bo‘sh vaqtida ilmiy izlanishlar va shaxsiy rivojlanish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun adolat va boshqalardan ajralib turadigan jihat bo‘lishi kerak. U o‘z karyerasini mukammal yaratishni, mashhur tarjimon hamda professional inson bo‘lishni maqsad qilgan. U boshqalar undan samimiylikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
