Salomov Salimjon Zokir O'g'li
Salomov Salimjon Zokir O‘g‘li 2004-yil 16-martda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahrining Sergeli tumani, Yangihayot MFY, 21/33 manzilida yashaydi. U xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik sohasida bakalavr bosqichida tahsil oladi.
U 2023–2024 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 2024–2025 o‘quv yilida hamda 2025–2026 o‘quv yilining birinchi (qishki) semestrida grant asosida Polshaning Poznan shahridagi Adam Mickiewicz University’da Erasmus almashinuv talabasi sifatida tahsil olgan. Hozirda u Toshkent davlat yuridik universitetining bitiruvchi kursida o‘qishni davom ettirmoqda.
Salimjon Erasmus granti asosida Polshaning Adam Mickiewicz University universitetida almashinuv talabasi sifatida tahsil olgan. U CADRA va CLDP hamkorligidagi International Arbitration Summer School 2026 dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan. Shuningdek, TSUL Legal Clinic’da volontyor sifatida aholiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berishda ishtirok etgan.
Uning kelajakdagi asosiy maqsadi arbitraj huquqi sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib, xalqaro miqyosda katta yutuqlarga erishishdir. U olgan bilim va tajribalarini O‘zbekistonda arbitraj institutini rivojlantirish, xalqaro arbitraj amaliyotini kengaytirish va mamlakatning ushbu sohadagi salohiyatini oshirishga yo‘naltirishni maqsad qilgan.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. U haqiqiy lider avvalo o‘zi namuna bo‘la olishi, qarorlari natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, odamlarni tinglashi, ularning fikrini hurmat qilishi va jamoani umumiy maqsad sari birlashtira olishi kerakligini ta’kidlaydi. U bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, boshqalar undan maqsad sari izchil harakat qilishni, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni va yangi imkoniyatlardan foydalanishni o‘rganishlari mumkin.
