Samarova Sayyora Salohiddin qizi

Samarova Sayyora Salohiddin qizi
Samarova Sayyora Salohiddin qizi
8 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Samarova Sayyora Salohiddin qizi 06.09.2006-yilda tug‘ilgan. U Toshkent shahrida yashaydi. Sayyora O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavr bosqichida, filologiya yo‘nalishida tahsil oladi. U universitetda grant asosida o‘qiydi va 5 lik stipendiya oladi.

U o‘quv markazida turk tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi hamda faoliyatini 2026-yil fevraldan boshlagan. Turk tilidan milliy va xalqaro C1 daraja sertifikatlariga ega. Shuningdek, volontyorlik faoliyatini olib boradi. U ishtirok etgan eng so‘nggi yirik loyiha — "1-Xalqaro Islom Sivilizatsiyasi forumi".

2024-yilda u universitet talabaligiga tavsiya etilmagan. U 167,5 ball to‘plagan va 1 ball yetmagani sababli super kontrakt asosida o‘qishga kirgan. Bu voqea unga qattiq ta’sir qilgan.

U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, chet tillarini o‘rganadi, sayohat qiladi, rasm va estetik videolar olishni yoqtiradi hamda turli volontyorlik loyihalarida qatnashadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar tartib va intizomdir.

Uning bellashuvi hech qachon boshqalar bilan bo‘lmagan: u har doim kechagi o‘zi bilan bellashgan. Bugungi natijasi o‘tgan yilgi natijasidan balandroq ekanini o‘z g‘alabasi deb biladi. U kechagi o‘zini yutishni asl g‘alaba deb hisoblaydi. Alhamdulillah.

Sayyora kelajakda juda katta maqsadlarga ega. Hozircha erishganlaridan tashqari rejalarini ommaga bayon qila olmaydi va ularga erishganidan so‘ng ma’lum qilishni afzal ko‘radi. Uning fikricha, boshqalar undan intizomni, maqsadlarga erishish uchun hech nimadan qaytmaslikni, hech qachon harakatdan to‘xtamaslikni va mag‘lub bo‘lganda ham hech qachon taslim bo‘lmaslikni o‘rganishlari mumkin. U oldiga biror maqsad qo‘ysa, har doim mehnati va duolari bilan unga albatta erishganini aytadi.

Hoziroq ariza qoldirish