Sariboyev Mehroj Bekjon O'g'li
Sariboyev Mehroj Bekjon o‘g‘li 2008-yil 9-mart kuni Jizzax shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahrida yashaydi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil oladi hamda iqtisodiyot sohasida o‘qiydi. Faoliyatini 2026-yilda boshlagan.
U ingliz tili, matematika va ona tili fanlaridan sertifikatlarga ega. Uning hayotiga oilasining unga bo‘lgan ishonchi katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: “Katta maqsadlar katta mas’uliyat va doimiy harakatni talab qiladi.”
Mehroj bo‘sh vaqtida ingliz tilini rivojlantiradi va sport bilan muntazam shug‘ullanadi. U yangi bilim va tajribalarni o‘rganishga qiziqadi, jamoaviy ishlashni, yangi g‘oyalar yaratishni hamda tashabbus ko‘rsatishni yoqtiradi. Shuningdek, bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishga, o‘z ustida ishlashga va yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rishga intiladi.
Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider nafaqat boshqaradi, balki jamoasi, qarorlari va natijalari uchun javob bera oladi. U boshqalar undan ishni puxta bajarishni hamda har sohada bilim va tajribaga ega bo‘lishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
Uning kelajakdagi asosiy maqsadlari sifatli ta’lim olish, o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish, doimiy rivojlanish va jamiyatga foyda keltiradigan tashabbuslarni amalga oshirishdan iborat. Eng katta orzusi bilim va imkoniyatlardan foydalanib, katta natijalarga erishish hamda boshqalarga foydali bo‘lishdir.
