Saydaxmadova Dinora Toxir Qizi

Saydaxmadova Dinora Toxir Qizi
Saydaxmadova Dinora Toxir Qizi
15 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Saydaxmadova Dinora Toxir qizi 2006-yil 11-fevralda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi.

U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti Falsafa yo‘nalishida oliy ta’limning bakalavr bosqichida tahsil oladi. U faoliyatini 2024-yildan boshlagan; o‘rta ta’limni tamomlab, o‘qishga hujjat topshirgan.

Dinora “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faxrli 2-o‘rinni egallagan hamda 500 ming so‘m va sertifikat bilan taqdirlangan. Hozirda universitet guruh sardori bo‘lib, guruhdagi grant asosida tahsil olayotgan talabalar safida. Shuningdek, magistraturaga topshirish uchun sertifikatlar olishga harakat qilmoqda.

Bo‘sh vaqtida motivatsion va badiiy kitoblarni mutolaa qiladi, o‘z ustida ishlaydi hamda til kurslariga qatnashadi. Uning hayotiy shiori: “Bugun qilgan kichik qadaming — ertangi buyuk g‘alabangning boshlanishi.” Liderlik haqida u shunday fikr bildiradi: “Haqiqiy lider oldinda yurib yo‘l ko‘rsatmaydi — kerak bo‘lsa, eng og‘ir yukni birinchi bo‘lib ko‘taradi.”

Uning orzulari katta va har bir orzusi uchun aniq reja tuzib, har kuni unga bir qadam yaqinlashishni istaydi. Kelajakda kuchli, bilimli, o‘ziga ishongan hamda boshqalarga foydasi tegadigan inson bo‘lishni xohlaydi. U qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi, chunki har bir qiyinchilik uni yanada kuchli qilishiga ishonadi. Uning fikricha, boshqalar undan taslim bo‘lmaslikni, qiyinchiliklarga bardosh berishni va maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilishni o‘rganishlari mumkin.

“Sizga hech kim ishonmasa ham, o‘zingizga ishonishdan to‘xtamang.”

Hoziroq ariza qoldirish