Sayfiddinova Nozima Jasurovna
Sayfiddinova Nozima Jasurovna 09.10.2009-yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.
U Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining stomatologiya fakultetida grant asosida tahsil oladi va tibbiyot sohasida o‘qiydi. Faoliyatini shu yil boshlaganini aytadi. Nozima biologiya hamda ona tili fanlaridan milliy sertifikatlar sohibasi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va pazandachilik bilan shug‘ullanadi. U liderlik uchun eng muhim fazilat deb haqqoniylikni biladi, boshqalar undan tartibni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. U o‘zini rivojlantirishni, kechagi o‘zidan yaxshiroq bo‘lishni xohlaydi hamda diniy qadriyatlari va dunyoviy maqsadlarini birdek muhim deb biladi.
Uning hayotiy prinsipi: «Menga qanday munosabatda bo‘lishsa, shunday emas — men o‘z prinsiplarimga ko‘ra munosabat qilaman.» Shiori: «Allohga tavakkal, maqsad sari harakat.»
Nozimaning maqsadlari juda ko‘p va katta. U Alloh nasib qilsa, barchasiga erishishiga ishonadi hamda zo‘r ayollar stomatologi bo‘lishni maqsad qilgan.
