Sayfiyeva Sug'diyona Sayim Qizi
Sugʻdiyona Sayfiyeva Sayim qizi 2008-yilda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tugʻilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashaydi. Sugʻdiyona Qarshi davlat universiteti Chet tillari fakultetining 1-kurs talabasi bo‘lib, IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
U ingliz tili bo‘yicha B2 sertifikatiga hamda ona tili bo‘yicha B+ sertifikatiga ega. Yoshlar Ittifoqi a’zosi bo‘lgan Sugʻdiyona yosh kitobxon sifatida ham faol. U «Zulfiya» nomli ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan. Faoliyatini 2025-yilda boshlagan.
2024-yilda multilevel imtihonidan o‘ta olmagan paytida onasi Xurshida va IELTS ustozidan keyingi imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun katta motivatsiya olgan. U ustozlari va onasining uning uchun qilayotgan harakatlarini ko‘rib, yanada ko‘proq intilishi kerakligini his qiladi. Uning hayotiy prinsipiga ko‘ra, muvaffaqiyat xatolardan qochish emas, balki xatolarga qaramay, har safar oldinga qadam tashlashdir. U xato qilishdan qo‘rqmaydi, qiyinchiliklar bo‘lsa ham to‘xtamay, oldinga intiladi.
Sugʻdiyonaning fikricha, liderlik shunchaki boshqarish emas, balki shaxsiy namuna ko‘rsatish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va xatolardan qo‘rqmay olg‘a intilishdir. U universitetni a’lo baholarga tamomlash, IELTS imtihonidan yuqori ball olish, xalqaro tajriba orttirish hamda chet eldagi nufuzli universitetlardan birida to‘liq grant yutib olishni maqsad qilgan. U chet elda tahsil olib, zamonaviy kompaniyalarda ishlash va xalqaro malakasini oshirishni rejalashtiradi.
U o‘zini voyaga yetkazgan, o‘qitgan va doimo qo‘llab-quvvatlagan dadajonisi hamda onajonisiga eng qulay, go‘zal va baxtli hayot yaratib berishni istaydi. Shuningdek, chet elda to‘plagan bilim va tajribasini O‘zbekistonga olib kirib, yoshlarni o‘qitish va ularni dunyo darajasidagi mutaxassislar qilib tarbiyalashni rejalashtirgan. Ko‘plab kitoblarni yig‘ishga va ko‘plab tillarni o‘rganishga qiziqadigan Sugʻdiyonaning yana bir orzusi — Prezidentimiz qatnashadigan yig‘ilishlarga tarjimon sifatida ismi va familiyasi aytilib taklif qilinmaguncha to‘xtamay o‘qish va intilishdir.
