Sayliyeva Rajabgul Oymurod qizi
Sayliyeva Rajabgul Oymurod qizi 19.08.2007-yilda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U Osiyo xalqaro universitetida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 2025-yilda boshlagan. Rajabgul “Zakovat” ishtirokchisi, shuningdek, shaxmat va shashka g‘olibi. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi hamda sport va tibbiyotga e’tiborini juda ko‘p qaratadi.
Uning shiori: “Maqsadim — yuksalish, yo‘lim — muvaffaqiyat.” Rajabgulning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U haqiqiy lider qaroridan qo‘rqmasligi, xatosini tan olishi, boshqalarning fikrini tinglashi, qiyin vaziyatda jamoasini tashlab ketmasligi va avvalo o‘zidan talab qilishi kerak, deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha: “Lider buyruq bermaydi — namuna bo‘ladi.”
U kelajakda eng mashhur shifokor bo‘lishni, ota-onasini hajga yuborishni va dadasiga mashina sovg‘a qilishni orzu qiladi. Boshqalar undan ishiga mas’uliyatli va halol bo‘lishni, shuningdek, ko‘plab tibbiy bilimlarni o‘rganishlari mumkin.
Har bir kunni yangi bilim va tajriba orttirish uchun imkoniyat deb biling, o‘z maqsadingiz sari dadil qadam tashlashdan hech qachon qo‘rqmang.
O‘zingizga ishoning, mehnatdan to‘xtamang va jamiyatga foydali inson bo‘lishni maqsad qiling.
