Sevandikova Sabina Olimovna

Sevandikova Sabina Olimovna
Sevandikova Sabina Olimovna
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sevandikova Sabina Olimovna 2008-yil 19-avgustda Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Gala Osiyo shaharchasida tug‘ilgan. U Buxoro viloyatida yashaydi.

U hozirda Guliston davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olmoqda. U Buxoro davlat tibbiy instituti akademik litseyini tamomlagan. O‘qish orqali ko‘plab sertifikatlarga ega bo‘lgan hamda 3 yil davomida repetitorga qatnagan.

U ona tili bo‘yicha milliy sertifikat va ingliz tili bo‘yicha B2 darajali sertifikatga ega. Shuningdek, “Tour agent” sertifikatini qo‘lga kiritgan. Guliston davlat universitetining “Tafakkur va Dunyo” gazetasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, medal sohibasi bo‘lgan.

Saida Mirziyoyevaning intilishlari hamda ayol kishi bo‘la turib, qo‘lidan kelgan barcha ishni uddalay olishi u uchun namuna bo‘lgan. Uning hayotiy prinsipi: “Har bir sohada mutaxassis bo‘lishga intil. Agar biror ishni mukammal bilmasang, unga shunchaki qatnashish uchun emas, avval o‘rganish uchun yaqinlash.”

U bo‘sh vaqtida internetdan xabarlar o‘qiydi, mobilografiyaga qiziqadi va videolarni montaj qilib turadi. Uning fikricha, lider bo‘lishda mas’uliyatni his qilish hamda boshqalar bilan yaxshi muloqot qila olish muhimdir. Kelajakda u o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, oldiga qo‘ygan orzu-maqsadlariga erishib, yangi maqsadlar sari harakat qilishni istaydi.

Ko‘pchilik uni tashqi ko‘rinishidan kibrli deb o‘ylaydi, ammo u barcha bilan kirishimli va samimiy munosabatda bo‘ladi.

“Bilmagan sohangda shunchaki ishtirokchi bo‘lgandan ko‘ra, biladigan sohangda mutaxassis bo‘l.”

Hoziroq ariza qoldirish